Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik talabaning murdasi olib chiqildi

Olam

image

Avvalroq, Bolgariyaning Sozopol shahrida do‘stlari bilan cho‘milishga borgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba suvda oqib ketgani xabar qilingandi. Uning jasadi oradan ikki kun o‘tib, bugun, 9 avgust kuni suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi J.M.ning jasadi Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan. Hozirda Istanbuldagi Bosh konsulxona Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, yigit ukrainalik qizni cho‘kishdan qutqarishga harakat qilayotganida o‘zini to‘lqin urib ketgan bo‘lishi mumkin. Uning tanasi bahaybat qoyatoshlar orasiga tiqilib qolgan va uni chiqarib olishning imkoni bo‘lmagan. 9 soatlik qidiruv ishlaridan keyin qutqaruv xizmati xodimlari emas, balki talabaning o‘zbek, qirg‘iz va moldovalik do‘stlari uni qoyatosh ostidan topgan. Yigitning do‘sti QALAMPIR.UZga taqdim etgan videodan yigitning jasadi toshlar orasiga tiqilib qolgani va u yerda to‘lqin juda ham kuchli ekanini ko‘rish mumkin. Voqea joyiga yetib borgan Bolgariya qutqaruv xizmati xodimlari o‘shanda cho‘kib ketgan insonni suvdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 2 nafar qiz suvomborda cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Shuningdek, poytaxtning “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kishi oqibatida halok bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bolgariya o'zbekistonlik talaba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing