Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba cho‘kib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida do‘stlari bilan cho‘milishga borgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba suvda oqib ketdi. Bu haqda voqeaga guvoh bo‘lgan yigitning do‘sti QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, yigit ukrainalik qizni cho‘kishdan qutqarishga harakat qilayotganida  o‘zini to‘lqin urib ketgan bo‘lishi mumkin. Uning tanasi bahaybat qoyatoshlar orasiga tiqilib qolgan va uni chiqarib olishning imkoni bo‘lmayapti. 9 soatlik qidiruv ishlaridan keyin qutqaruv xizmati xodimlari emas, balki talabaning o‘zbek, qirg‘iz va moldovalik do‘stlari uni qoyatosh ostidan topgan.

Yigitning do‘sti QALAMPIR.UZ'ga taqdim etgan videodan yigitning jasadi toshlar orasiga tiqilib qolgani va u yerda to‘lqin juda ham kuchli ekanini ko‘rish mumkin. Voqea joyiga yetib borgan Bolgariya qutqaruv xizmati xodimlari ayni paytda cho‘kib ketgan insonni suvdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bildirgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ham holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Mamlakatimiz fuqarosining Bolgariyaning Sozopol shahrida vafot etganligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, deydi u.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumot kelib tushishi bilan, Bolgariya Respublikasini qamrab oluvchi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bilan darhol aloqa o‘rnatilgan. Hozirda diplomatlar marhumning yaqinlari hamda Bolgariyaning tegishli davlat idoralari vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda. Vaziyat yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talaba o'zbekistonlik Bolgariya Sozopol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing