Bolalarni bog‘chaga joylashning yangi tartibiga o‘tildi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2023 13686 1 daqiqa
Endi bolalarni bog‘chaga joylashtirish uchun beriladigan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markazi (DXM)ga borish shart emas. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, fuqarolar tomonidan farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun ariza DXM orqali berilgan bo‘lsa, bundan buyon yo‘llanma shakllanishi bilan SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan bog‘chaga borish va uni mudiraga aytish lozim. Avval bunday yo‘llanma faqat qog‘oz shaklida DXM dan olinardi.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 2022 yilning o‘zida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Ushbu tartib orqali har yili 1,2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishi mumkin.
Live
Barchasi