“Bolalarga masjidga qatnash uchun ruxsat berilishini kutyapmiz” – Pompeo O‘zbekiston haqida
Jamiyat
−
22 iyun 2019
6115Bir necha o‘n yillardan keyin Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonni alohida havotirga sabab bo‘luvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi. Bunga so‘nggi ikki yilda amalga oshirilgan islohotlar sabab erishildi.
Amerika davlat kotibi Maykl Pompeo AQSHning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha yillik hisobotini bayon qildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari bu sohada erishgan yutuqlar haqida aytib o‘tdi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p, ammo 13 yil deganda birinchi marta mamlakat alohida xavotirga sabab bo‘luvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilmadi.
“Biz ko‘proq guruhlar erkin ibodat qila olishi, bolalar masjidlarga ota-onalari bilan erkin qatnashi va namoz o‘qishi uchun qonunchilikdagi islohotlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz”, deydi Maykl Pompeo.
AQSH davlat kotibining hisobotida O‘zbekistonda diniy masalalar tufayli qamoqda ushlab turilgan 1500 nafar mahbus ozod etilgan va 16 ming fuqaro maxsus ro‘yxatdan chiqarib tashlangani qayd etilgan.
Bu Qo‘shma Shtatlarga O‘zbekistonni qattiq diniy ta’qib olib boriladigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarish imkonini bergan. Ro‘yxatga Saudiya Arabistoni, Eron, Turkmaniston va tojikiston kabi davlatlar ham kiritilgan.
LiveBarchasi