O‘zbekistondagi diniy erkinlik holati ijobiy baholandi
Jamiyat
−
05 yanvar
7881O‘zbekiston "Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar" ro‘yxatiga kiritilmagan. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSH davlat departamenti tomonidan har yili “Xalqaro diniy erkinlik” to‘g‘risidagi qonunga dunyo mamlakatlarining qay darajada amal qilib borayotgani monitoring qilib boriladi. Diniy erkinlik borasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmagan mamlakatlar “Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritiladi.
O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan 2020 yilda chiqarilgan. Joriy yilning 4 yanvar kuni, AQSH Davlat departamentining rasmiy saytida, o‘tgan 2023 yil natijalariga ko‘ra, e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston “Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritilmagan.
“1998 yilda Xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan va kuchga kirganidan beri din yoki e’tiqod erkinligini ta’minlash AQSH tashqi siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda Birma, Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlar diniy erkinlikning o‘ta jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun alohida tashvishli davlatlar sifatida baholandi.
Bundan tashqari, Jazoir, Ozarbayjon, Markaziy Afrika, Qamar orollari va Vetnamni diniy erkinliklarning jiddiy buzilishida ishtirok etayotgani uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritilgan”, deydi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.
LiveBarchasi