Pompeo O‘zbekistondagi diniy erkinlik haqida gapirdi
Olam
−
11 iyun 2020
8904AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sababli maqtadi. Bu haqda u brifing davomida aytib o‘tgan.
"O‘zbekistonda din erkinligi bo‘yicha vaziyatni yaxshilash choralari ko‘rildi va bu ishlar davom etmoqda. Men shu yil boshida u yerda bo‘lgan diniy rahbarlar bilan ajoyib suhbat qildim", deydi Pompeo o‘z nutqida.
Qayd etilishicha, Davlat departamenti mamlakatda 2019 yil davomida ro‘yxatdan o‘tmagan diniy guruhlarga qarshi bironta amaliyot bo‘lmaganini qayd etgan. Bunday amaliyotlar 2018 yilda 114 ta, 2017 yilda esa 240 ta bo‘lgan.
"Bu ulkan yutuqlar, chinakam taraqqiyot. Davlat Departamenti jamoasining sa’y-harakatlari o‘z samarasini bermoqda", deydi davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha "alohida xavotirga molik davlatlar" ro‘yxatidan chiqarilgan edi.
LiveBarchasi