AQSH endi Ozarbayjonda diniy erkinlikni nazorat qiladi
Olam
−
05 yanvar 2024 8380 1 daqiqa
AQSH Ozarbayjonni diniy erkinliklarning ehtimoliy buzilishlari uchun nazorat talab qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Davlat departamenti tomonidan diniy erkinlikni buzuvchi deb tan olingan mamlakatlar ro‘yxatining yangilangan yillik versiyasida keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon hozir ushbu qora ro‘yxatga kiritilish uchun nomzod sifatida kuzatuv ostida. Ozarbayjondan tashqari, Jazoir, Markaziy Afrika Respublikasi, Komor orollari va Vetnam ham kuzatuv ostida qolmoqda.
Nazorat qilinadigan toifadan qora ro‘yxatga o‘tish sanksiyalar tahdidiga olib keladi.
Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSH komissiyasi Ozarbayjonda amaldagi har qanday diniy guruhlarni ro‘yxatga olish va ularning adabiyotlarini rasmiy organlar tomonidan tasdiqlashni talab qiluvchi qoidalardan xavotir bildirgan.
Diniy erkinlikni buzuvchi davlatlar ro‘yxatiga 12 ta davlat – Rossiya, Shimoliy Koreya, Kuba, Eritreya, Eron, Myanma, Nikaragua, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Tojikiston va Xitoy kiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025