Pompeo Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababini ochiqladi

Olam

image

AQSH sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 500 amerikalikni o‘ldirishni rejalashtirganlardan biri bo‘lgani uchun o‘ldirilganini aytdi. 

Pompeo Saudiyaning “Al-Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida AQSHning Sulaymoniyga hujumi haqida gapirdi. 

"Qosim Sulaymoniy 500 amerikalikni o‘ldirishni rejalashtirganlar orasida edi. AQSH ma’muriyati bu fitnani yo‘q qilish uchun Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq berdi". 

Pompeo ma’muriyat Sulaymoniy o‘ldirilsa, vaziyat urushga olib kelishi haqida ogohlantirish olganini aytdi. 

Sobiq davlat kotibining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqt davomida Iroq va Suriyadagi o‘z mavjudligini va fuqarolarini himoya qilish uchun harakat qilmoqda. AQSH davlat resurslari, aktivlari va fuqarolariga yaqinlashib kelayotgan hujumlarni to‘xtatish uchun Quds kuchlarining harakatlarini diqqat bilan kuzatib boradi. 

Sulaymoniyning o‘ldirilishi

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 3 yanvar kuni AQSHning Bag‘dod xalqaro aeroportiga uyushtirgan havo hujumi natijasida Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandi. Bunga rasmiy Tehron 8 yanvar kuni Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga raketa zarbasi berish bilan javob qaytardi. AQSH hujum natijasida qurbonlar yo‘qligi, zarar kam ekanini ma’lum qildi.

Pentagon Sulaymoniyni yo‘q qilish buyrug‘i shaxsan sobiq Prezident Donald Tramp tomonidan berilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasida urush chiqishi xavfi ortib ketgandi.

Sulaymoniy Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Liviya kabi mamlakatlarda Eron siyosatidagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan. 

Bir tomondan, Sulaymoniy Qo‘shma Shtatlarga qarshi kurashgan guruhlarning qo‘mondoni vazifasini bajargan bo‘lsa, boshqa tomondan u Iroqda AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda muhim rol o‘ynagan. Shu munosabat bilan Sulaymoniy nafaqat qo‘mondon, balki yaxshi diplomat sifatida ham tanilgan edi. 

Qosim Sulaymoniy, shuningdek, Oyatulloh Ali Homanaiydan keyin Eronning xavfsizlik siyosatini shakllantirishdagi eng ta’sirchan ismlardan biri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maykl Pompeo Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing