Bolalar Ombudsmani Xorazmdagi jinsiy zo‘ravonlikni o‘rganyapti

3-sahifa

image

Bolalar Ombudsmani Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyidagi jinsiy zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmaganlar holatini o‘rganmoqda. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova bolalarga nisbatan qo‘llanadigan har qanday jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo turlarini qo‘llash kerak degan pozitsiyada.

"Bola huquqlari bo‘yicha  vakil holatni  nazoratiga oldi va ishga oid barcha hujjatlarni o‘rganmoqda", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (3 nafar qiz) 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelingan. Ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Keyinchalik Adliya vazirligi holatga munosabat bildirib, xodimning  ishdan olingani, endilikda vazirlikka aloqasi yo‘q ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Bolalar Ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing