Bokschilarga “Prezident sovg‘asi” – avtomobillar topshirildi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2019
11641Xabaringiz bor, 8-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jahon birinchiligida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu orqali sportchilar jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi.
Bugun, 30 sentyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida bokschilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Ochilbay Ramatov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ishtirok etdi.
Tadbirda jahon chempionati qahramonlariga “Prezident sovg‘asi” – avtomobillar taqdim etildi. Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga Chevrolet Trecer avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetovga Chevrolet Gentra, Bobousmon Baturovlarga Nexia-3 avtomobillari kaliti topshirildi.
Shuningdek, terma jamoaning muvaffaqiyatida o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.
LiveBarchasi