Boks. O‘zbekiston qit’a chempionatida yana ikkita yo‘qotishga uchradi
Sport
−
08 noyabr 2022
8360Iordaniyaning Amman shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 6 nafar O‘zbekiston vakili 7 noyabr kuni o‘z jangini o‘tkazdi.
75 kg vaznda Saidjamshid Jafarov tojikistonlik Abdumalik Boltayevdan ustun keldi. Odiljon Aslonov (-80 kg) chorak finalda hindistonlik raqibini mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Biroq,-86 kgda ringga tushgan Shohjahon Abdullayev mezbonlar vakili Adilhindavi Odaiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 92 kg vazn toifasida Madiyar Saidrahimov asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Kambodja vakili Abdulla Rajabovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi- 5:0. Shuningdek, +92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov quvaytlik Ali Alqribga qarshi ringga ko‘tarilib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Kechagi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakili Aziza Yakubova ham o‘z jangini o‘tkazib, vetnamlik Nguyen Ti Tamga imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, yana 4 nafar O‘zbekiston vakili Osiyo chempionatining yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 nafar bokschi chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.
LiveBarchasi