Boks: Rayxona Qodirovaning vaznida Olimpiada chempioni aniqlandi

Sport

image

Bugun, 8 avgust kuni Tokio shahridagi “Kokugikan arena”da Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda. 

Rayxona Qodirova ishtirok etgan -60 kg vazn toifasida o‘tkazilgan jangda irlandiyalik bokschi Kelli Xarrington Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning raqibi braziliyalik Jahon chempioni Beatris Ferreyra edi. Hakamlar 5:0 hisobida Xarringtonning g‘alabasini qayd etishdi.

Kelli Xarrington ushbu divizionning birinchi raqamli jangchisi sifatida saralangan edi. Uchinchi raqamli Ferreyra esa chorak finalda aynan Rayxona Qodirovani mag‘lub etgan edi.

Bugun shuningdek, Bahodir Jalolov Olimpiada chempionligi uchun amerikalik Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Rayxona Qodirova Kokugikan arena Kelli Xarrington Beatris Ferreyra

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing