Boks: Olimpiya o‘yinlarida qanday natijalar qayd etilmoqda?

Sport

image

Bugun, 7 avgust kuni Tokio shahridagi “Kokugikan arena”da Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda. 

Shahobiddin Zoirov ishtirok etgan -52 kg vazn toifasida Buyuk Britaniya vakili Jalal Yafai oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda Karlo Paalam ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Filippinlik bokschi chorak finalda aynan Zoirovni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

-75 kg vazn toifasida esa, braziliyalik Gebert Souzaga teng keladigan raqib topilmadi. Souza finalda ukrainalik Oleksandr Xijnyakni nokautga uchratib, Olimpiada chempionligini tantana qildi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston nomidan harakat qilgan Fanat Qahramonov nimchorak finalda musobaqani tark etgan edi.  

Tursunoy Jabborova ringga ko‘tarilgan -51 kg vazn toifasida bolgariyalik 35 yoshli Stoyka Krasteva Turkiya vakilasi Naz Chaqirog‘luni 5:0 hisobida taslim qildi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Turkiyalik bokschi Tursunoy Jabborova bilan kechgan bahsda hakamlarning qarori bilan yarim finalga yo‘l olgan edi.

-69 kg vazn toifasida esa turkiyalik Byusenaz Surmenali xitoylik Gu Xongni mag‘lub etishni uddaladi. Jangni baholab borayotgan hakamlarning 3 nafari Surmeneli foydasiga qaror qabul qilgan bo‘lsa, ikki nafari durang natijani qayd etdi. Ushbu vaznda O‘zbekiston nomidan Shahnoza Yunusova janglarda ishtirok etdi va ilk bosqichdayoq musobaqani tark etdi.

Bunga qadar o‘tkazilgan to‘rtta final jangining uchtasida kubalik bokschilar oltin medalga sazovor bo‘ldi, yana bir oltin medal rossiyalik bokschiga nasib etdi.

-69 kg vazn toifasi: Roniel Iglesias (Kuba) 5:0 Pet Makkormak (Buyuk Britaniya).
-81 kg vazn toifasi: Arlen Lopes (Kuba) 5:0 Benjamin Uittaker (Buyuk Britaniya).
-57 kg vazn toifasi: Albert Batirgaziyev (ROQ) 3:2 Dyuk Ragan (AQSH).
-91 kg vazn toifasi: Xulio la Kruz (Kuba) 5:0 Muslim Gajimagomedov (ROQ).

Ma’lumot uchun, ertaga, 8 avgust kuni ayollar (-60 kg, -75 kg) va erkaklar o‘rtasida (-63 kg, +91 kg) final janglari o‘tkaziladi. Eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov amerikalik Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Boks Tokio-2020 Roniel' Iglesias Gebert Souza Jalal Yafai Stoyka Krasteva B'yusenaz Surmenali

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing