Bog‘chadagi fojia: 3 yashar bolaning zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yashar tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi kimyoviy vositani bilmasdan ichib qo‘yib, vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 28 avgust kuni Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi (16.07.2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) ushbu tashkilotning oshxonasida turgan xashoratlarga qarshi dori vositasini iste’mol qilib zaharlangan. Shahar Tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2026 yil 30 avgust kuni vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

“Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi. Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Namangandagi bog‘chada fojia

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchini zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 4-qismi va 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, yshbu voqea ortidan O‘zbekistondagi bog‘chalarda xodimlarni tekshirish boshlangandi hamda yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat bo‘yicha tergovni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olgan.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yashar qizni zo‘rlagan ombor mudiriga maksimal og‘ir jazo berilishini bildirgan edi.  Namangandagi 5 yashar qizaloq bilan bog‘liq fojia ortidan uning oilasi boshqa shaharga ko‘chirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi ham ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing