Bog‘chada o‘g‘il bolaga qizlar kiyimini kiydirgan tarbiyachi ishdan olindi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida o‘g‘il bolaga qizlar kiyimini kiydirib, uning lab va yuzlarini bo‘yagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi I.K. ismli erkak tomonidan murojaat qilingan. Murojaatda erkak voyaga yetmagan 8 yoshli o‘g‘li Ya.K. Toshkent shahridagi Mirobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi ekani, 2022 yilda tarbiyachi o‘g‘liga qizlar kiyimini kiydirib, lab va yuzlarini bo‘yab, ayollar raqsini ijro ettirganini bildirgan. Bu bilan u o‘g‘lining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilgani, bunday sahna ko‘rinishlari haqida uni ota sifatida ogohlantirmay, ruxsatini olinmagani, voqeadan Telegram orqali unga kelgan foto va video tasvirlardan xabar topganini bildirib, bolasining buzilgan huquqlari tiklanishida yordam so‘ragan.

Bildirilishicha, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Ya.K. qatnashgan tadbirda sahna ko‘rinishini tashkillashtirgan tarbiyachi X.Q. ekani va bolaga oid bu sahna xususiyatlari yuzasidan otadan ruxsat olmagani aniqlanib, tarbiyachiga nisbatan Mehnat Kodeksining 157-moddasi (Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanida bolalarni nazoratsiz qoldirgan bog‘cha opa ishdan olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bog'cha tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing