Endi bog‘chaga imtiyozli navbatni onlayn olish mumkin
Jamiyat
−
08 iyul 1438 2 daqiqa
Bog‘chaga imtiyozli navbat olish my.gov.uz portali orqali to‘liq avtomatlashtirildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari markazining Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, arizani onlayn topshirish uchun ro‘yxatdan tegishli toifani tanlasash zarur. Shundan so‘ng tizim barcha ma’lumotlarni vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali soniyalar ichida o‘zi tekshiradi.
Quyidagilar my.gov.uz orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi:
- Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
- Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari;
- Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar;
- Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar;
- Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari;
- Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari;
- Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari;
- To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari;
- Talabalarning farzandlari;
- Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.
Uydan chiqmay ariza yuborish uchun:
- my.gov.uz portali yoki mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish zarur;
- “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmatini tanlash kerak;
- Shundan so‘ng so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirish, bog‘chani hamda mavjud imtiyozni belgilab, ariza yuborish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq pensiya jamg‘armasi my.gov.uz portalida pensiyani naqd shaklga o‘tkazish bo‘yicha onlayn xizmatni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi