Bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgan mudiraning o‘g‘li qamaldi
3-sahifa
−
24 yanvar
9240Avvalroq, Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida bog‘cha mudirasining o‘g‘li tarbiyalanuvchi qizlarga tegajog‘lik qilgani haqida xabar bergandik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Gap shundaki, xabarlarda yigit onasi rahbarligidagi bog‘chaga kelib, qizlarning xonasiga kirgani va bir nechta qizni majburan yechintirib, ularga tegajog‘lik qilgani aytilgan. Shuningdek, tarqalgan xabarlarga ko‘ra, shu kuni muassasaning kamerasi ham ishlamagan. Oradan biroz vaqt o‘tib, qizlarning ota-onalari vaziyatdan xabar topgan. Mudiraning eri esa kechirim so‘rab, ishni bosdi-bosdi qilishga harakat qilgani aytilgan.
Qayd etilishicha, 2024 yil 23 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida gumonlanuvchi 2008 yilda tug‘ilgan yigitga oid jinoyat ishi yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Ushbu ish Chilonzor tuman sudida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq, yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, yigitga Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “v” bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarida o‘tash belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 24 yoshli yigit 4 yashar qizga jinsiy tegajog‘lik qilgani aytilgandi.
LiveBarchasi