Bog‘cha opaning befarqligi sabab tarbiyalanuvchi qizning qo‘li sindi (video)
Jamiyat
−
26 avgust
9539Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova bog‘cha tarbiyachilarining beparvoligi sabab qizi Milenaning qo‘li sinib, jarohat olganini aytdi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 avgust kuni Toshkent shahridagi xususiy bog‘chalardan birida sodir bo‘lgan. Muhammedova o‘z sahifasiga joylagan videoda xonada bolalar qarovsiz qoldirilgani va ikki bola to‘qnashib ketib, oqibatda aktrisaning qizi yiqilib, qo‘lini sindirgani tasvirlangan. Xodim esa ish vaqtida qo‘lida telefon bilan xonaga kirib kelgan. Milena yig‘lasa, ham yerda yotsa ham unga beparvo bo‘lgan.
“Milana qizimni bog‘chasida tarbiyachilarning befarqligi sababli qo‘li sinib jarohat oldi. Aynan Prezident tadbiridan 1 kun oldin gips qildik va ertalab soat 05:00 da reys edi. Ertalabgacha uxlay olmay bolamni tepasida kuyinib chiqdim. Prezident tadbiriga bormaslikni imkoni yo‘q edi. Majlisga borib, atrofdagilarga holatimni bildirmaslikka harakat qildim va bu menga katta sinov va mashaqqatli bo‘ldi”, deydi aktrisa
Shuningdek, Shahzoda Muhammedova bog‘chaga o‘z tarbiyalanuvchilariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lgani uchun “minnatdorlik” bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda bolalarni nazoratsiz qoldirgan bog‘cha opa ishdan olingandi.
LiveBarchasi