“Boeing” bosh direktori 364 kishi qurbon bo‘lgan aviahalokatlar uchun kechirim so‘radi
Olam
−
30 Oktabr 2019
5790“The Boeing Company” korporatsiyasi bosh direktori Dennis Myulenburg AQSH Kongressi Senatining 737 MAX modeli bilan yuz bergan ikkita aviahalokat bo‘yicha eshituvida xatolarni tan oldi va kechirim so‘radi. Eshituvda qurbonlarning oila a’zolari halok bo‘lgan qarindoshlarining suratini ushlagancha ishtirok etdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
“Shaxsan men va “Boeing” kompaniyasi yuz bergan hodisadan chuqur afsusdamiz”, dedi Myulenburg.
U, aviakompaniyaga 737 MAX modelidagi boshqaruv tizimi haqida yetarlicha ma’lumot berilmaganini tan oldi.
O‘tgan yili Lion Air va Ethiopian Airlines avikompaniyalarining Boeing 737 MAX modelidagi samolyotlari dasturiy ta’minotdagi nosozlik sabab qulashi natijasida 346 kishi halok bo‘lgandi.
“Bu aviafalokatlar bizni o‘ylashga va o‘zgarishga majbur qildi. Biz xatoga yo‘l qo‘ydik, biroq ularni tuzatyapmiz. Biz o‘rganyapmiz, o‘rganishdan to‘xtamaymiz”, dedi Myulenburg.
Boeing 737 MAX bilan yuz bergan aviahalokat sababli butun dunyo bo‘ylab shu modeldagi samolyotlar parvozi taqiqlab qo‘yilgandi. Myulenburg tez orada xavfsizlik tizimi kuchaytirilgan havo laynerlari AQSHda yana parvozlarni amalga oshira boshlashiga umid bildirdi.
LiveBarchasi