Bobonov va Boltaboyev tarkibda. O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turniriga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 2 fevral kuni Ilias Iliadis murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari Parij “Katta Dubulg‘a” turnirida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Joriy yilning 5-6 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg‘a” turniri o‘tkaziladi va unda Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov, harbiylar o‘rtasida jahon chempionlari – Dilshod Baratov va Muzaffarbek To‘raboyev, o‘z vazn toifasining 3-raqamli dzyudochisi Sharofiddin Boltaboyev va Tunis Gran-pri turniri g‘olibi Shahram Ahadov ishtirok etadi.

Terma jamoa tarkibi:

60 kg: Dilshod Baratov
73 kg: Shahram Ahadov 
81 kg: Sharofiddin Boltaboyev 
90 kg: Davlat Bobonov 
100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaning Almada shahridda o‘tgan Gran-pri turnirda 73 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Murodjon Yo‘ldoshev IJF reytingida 24 pog‘ona yuqoriladi va 22-o‘ringa joylashdi. Turnirda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, 90 kg vaznda Davlat Bobonov peshqadamlikni saqlab qolgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo IJF Bobonov Boltaboev

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing