BMW Uzbekistan kompaniyasi G90 kuzovida yangilangan BMW M5’ni taqdim etdi
Biznes
−
28 dekabr 2024
64212024 yil 26 dekabr kuni yangilangan BMW Uzbekistan shourumida muhim voqea sodir bo‘ldi – yangi BMW M5 modeli sotuvga chiqarildi. Energiya, innovatsiyalar va premium brend an’analari bilan boyitilgan tadbir yetakchi jurnalistlar, blogerlar hamda inflyuyenserlarni bir joyga to‘pladi.
Yangi BMW M5: Har bir harakatda qudrat va joziba
40 yildan buyon yuqori samarali sedanlar orasida namuna bo‘lib kelayotgan BMW M5, endilikda yettinchi avlodini M gibrid kuch agregati bilan taqdim etdi.
Model 4,4 litrli, 585 ot kuchiga ega V8 dvigateli va beshinchi avlod BMW eDrive elektromotorini uyg‘unlashtiradi. Umumiy tizim quvvati 727 ot kuchi hamda 1000 Nm aylanish momentini tashkil etadi. Yangi M5 atigi 3,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishib, superkar dinamikasi bilan bir vaqtda ekologik samaradorlikni ham namoyish qiladi.
Yangi BMW M5’dagi asosiy yangilanishlar:
- Yangi M gibrid kuch agregati: yuqori samarali V8 dvigatel va elektromotor uyg‘unligi (727 ot kuchi) nafaqat hayratlanarli dinamika, balki ekologik xavfsizlikni ham ta’minlaydi.
- Elektr rejimi: model 69 kilometrgacha (WLTP) faqat elektr quvvatida harakatlanib, shahar sharoiti uchun ideal yechim bo‘la oladi.
- Dinamika va boshqaruv: moslashuvchan M podveska, M xDrive to‘liq uzatma tizimi hamda orqa g‘ildiraklarni burib boshqaruvchi integral aktiv rul – bular avtomobilga yuqori barqarorlik va ajoyib harakatchanlik baxsh etadi.
- Yangilangan dizayn: avtomobil uzunligi – 5096 mm, kengligi – 1970 mm bo‘lib, uning qudratli siluetini yanada ta’kidlaydi. Iconic Glow yoritiluvchi radiator panjarasi va katta havo kirish teshiklari sportcha agressiyani kuchaytiradi.
- Interer: 12,3 dyuymlik va 14,9 dyuymlik displeylarga ega Live Cockpit Professional multimedia tizimi, Merino charmidan tayyorlangan M sport o‘rindiqlari, kayfiyatni tanlash imkoniga ega ambient yoritish hamda 466 litrli keng bagaj bo‘limi.
- Xavfsizlik texnologiyalari va yordamchilar: professional haydovchilik assistenti, Parking Assistant Plus kabi tizimlar sayohatni yanada qulay qiladi.
26 dekabr kuni o‘tkazilgan tadbir inflyuyenserlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, 27 va 28 dekabr kunlari BMW Uzbekistan barcha BMW ixlosmandlarini BMW M5 ekspertlik kunlariga taklif etadi.
Natijalar va rejalar
Yangi BMW M5 bugundanoq buyurtma uchun tayyor bo‘lib, narxi barcha soliqlar bilan 2 199 000 000 so‘mdan (170 000 AQSH dollari) boshlanadi. BMW avtomobillari rasmiy importyor tomonidan kamida 2 yillik zavod kafolati bilan taqdim etiladi.
Premium Auto BMW Uzbekistan www.bmw.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi