BMW Xitoy va Koreya kompaniyalari bilan 10 mlrd yevrolik shartnoma tuzdi

Texnologiya

image

Germaniyaning yirik avtomobilsozlik kompaniyasi BMW akkumulyator ishlab chiqaruvchi Contemporary Amperex Technology Co (Xitoy) va Samsung SDI (Janubiy Koreya) kompaniyalariga 10 mlrd yevrolik akkumulyator batareyalariga buyurtma berdi. Bu haqda “Reuters” xabar qilmoqda.

BMW CATL`ga bergan buyurtmasini 7,3 mlrd yevrogacha oshirgan. 2018 yilning o‘rtalarida nemis kompaniyasi 4 mlrd yevrolik buyurtma bergandi. Kelishuv 2020-2031 yillarda amal qiladi.

Bundan tashqari, BMW Samsung SDI kompaniyasi bilan 2,9 mlrd yevrolik akkumulyator batareyalari bo‘yicha kelishuv imzolagan. Bu shartnoma ham 2020-2031 yillarda amal qiladi.

BMW akkumulyator ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan kobalt metalini Avstraliya va Marokashdan sotib olib, CATL va Samsung SDI`ga yetkazib beradi.

Nemis kompaniyasi qator konlardan litiy ham oladi, shu jumladan Avstraliyadagi ba’zi konlardan.

2023 yilda BMW 25 ta elektrlashtirilgan modeldagi mashina ishlab chiqarishni rejalashtiryapti, ularning yarmi butunlay elektromobil bo‘ladi. Kompaniya elektrlashtirilgan transport vositalarining savdosi 2019-2021 yillarda ikki barobar ortishini taxmin qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

BMW elektrokar

Baholaganlar

28

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing