BMT ukrainalik bolalardan xavotirda. Ular majburan Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari (IHBOK) kecha, 15 iyun kuni ukrainalik bolalarning mamlakat sharqidan “majburiy deportatsiya qilingani”, shundan so‘ng ular Rossiyaga asrab olish uchun yuborilgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. 

Mishel Bacheletning Inson Huquqlari Kengashiga xabar qilishicha, hozirda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (IHBOK) ushbu ma’lumotni tekshirayotganini aytdi. 

“IHBOK hozircha bu xabarlarni tasdiqlay olmaydi yoki bunday vaziyatga tushib qolgan bolalar soni haqida gapira olmaydi. Shu bilan birga, biz Rossiya hukumatining Ukrainadagi bolalarni Rossiya Federatsiyasidagi oilalarga ko‘chirishga ruxsat berish haqidagi taxminlaridan xavotirdamiz. Bizning tushunganimizdek, bunday choralar oilani birlashtirish qadamlarini nazarda tutmaydi va bolaning manfaatlarini hisobga olmaydi”, deydi Bachelet. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotlariga ko‘ra,  Rossiya bosqinidan oldin Ukrainadagi bolalar uylari, internatlar va boshqa bolalar muassasalarida 91 mingdan ortiq bola bo‘lgan. UNICEF ayni damda jamg‘arma Rossiya Donbassdan yetim bolalarni “tezlashtirilgan asrab olishga yordam berish uchun amaldagi qonunchilikni o‘zgartirishi” mumkinligi haqidagi xabarlardan xabardor ekanini ma’lum qildi. 

“UNICEF farzand asrab olish hech qachon favqulodda vaziyatlar paytida yoki undan keyin amalga oshirilmasligi kerak, deb hisoblaydi. Gumanitar favqulodda vaziyatda ota-onasidan ajralgan bolalar yetim deb hisoblanmaydi. Shu munosabat bilan oilalarni birlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ta’minlash zarur”, deyiladi jamg‘arma munosabatida.

15 iyun kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida a’zo davlatlar talabiga binoan mart oyida Inson huquqlari kengashi tomonidan tashkil etilgan Ukraina bo‘yicha tergov komissiyasi ma’lum qildiki, vaqtincha bosib olingan hududlar, ayniqsa, bolalar muassasalaridan ko‘p sonli bolalar g‘oyib bo‘lgan.

Komissiya tarkibiga kirgan uchta tergovchidan biri Jasminka Jumxur matbuot anjumanida hozirda Ukraina davlat muassasalari tomonidan bedarak yo‘qolgan bolalar va o‘smirlar soni to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidladi. 

Shu munosabat bilan, uning qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik yetim bolalar Rossiyaga olib ketilgani va u yerda yangi fuqarolik olgani haqidagi xabarlarni hozircha tasdiqlash mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

43

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing