BMT Ukrainadagi urushda qurbon bo‘lgan tinch aholi sonini ochiqladi
Olam
−
21 mart 2023
6928Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 8 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi xabar berdi.
BMTga ko‘ra, Ukrainada 22 209 nafar tinch aholi jabrlanib, halok bo‘lgan. Shulardan 8 317 kishi vafot etgan bo‘lsa, yana 13 892 kishi yaralangan.
Tashkilotning qayd etishicha, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki bo‘lib o‘tayotgan janglardan ayrim ma’lumotlar kechiktirilgan va tasdiqlanmagan.
Mart oyi boshidan beri tinch aholi vakillaridan 113 nafari qurbon bo‘lgan va 356 kishi yaralangan.
Javohir Qadamov