BMT “Tolibon”ga nisbatan eski munosabatini davom ettiradi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan qurilgan amaldagi hukumatga nisbatan avvalgi yo‘nalishga amal qiladi, jahon tashkiloti mamlakatning amaldagi rahbariyati bilan aloqada. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik aytib o‘tdi, deb yozmoqda TASS. 

“Biz Afg‘oniston masalasida avvalgi yo‘lda davom etamiz, ya’ni de-fakto afg‘on hukumati rasmiylari bilan ular kabi o‘zaro aloqadamiz. Biz, shuningdek, afg‘on xalqiga ko‘proq insonparvarlik yordamini talab qilishda davom etamiz”, deydi u. 

Dyujarrikning qo‘shimcha qilishicha, BMT afg‘on hukumatini mamlakatdagi ayollarning ta’lim olish huquqi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga chaqiradi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa "Tolibon"ning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishini izohlar ekan, Rossiya “Tolibon” harakatini tan olish masalasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarining fikrini inobatga olishi va qaror birgalikda ishlab chiqilishini bildirdi

2024 yil 27 may holatiga ko‘ra, "Tolibon" Rossiyadan tashqari Kanada, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiyada rasman terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. 

"Tolibon"ni BMT darajasida terrorizm bilan bog‘liq tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish uchun BMT Xavfsizlik Kengashi tegishli qo‘mita bilan kelishilgan holda, BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasida belgilangan tartibda tegishli sabablardan biriga asoslangan yangi rezolyutsiya qabul qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing