BMT Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha so‘nggi qarorlari qog‘ozda qoldi – Lavrov
Olam
−
17 iyul
4720Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha barcha so‘nggi qarorlari hozirgacha faqat “qog‘ozda” qolmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Falastin masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi.
Lavrov Rossiya Falastinning BMTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“Bugungi kunda eng keskin va dolzarb muammo, albatta, Falastin muammosi. Xavfsizlik Kengashi oxirgi 10 oy ichida vazirlar taklifi bilan to‘rtinchi marta uchrashmoqda. 4 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Biroq, bosib olingan Falastin hududlarida davom etayotgan qon to‘kilishi bu qarorlarning barchasi “qog‘ozda” qolganini tasdiqlaydi”, deb ta’kidladi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya terrorizmning barcha ko‘rinishlarida izchillik bilan qarshilik ko‘rsatadi. Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarshi sodir etilgan hujumni so‘zsiz qoralagan.
“Ammo G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar tinch aholini qabul qilib bo‘lmaydigan jamoaviy jazodir”, deydi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashidagi raislik bir oy muddatga Rossiyaga o‘tgandi.
LiveBarchasi