BMT Bosh kotibi so‘nggi 80 yildagi eng kuchli iqtisodiy tanazzuldan ogohlantirdi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri juda ulkan bo‘lib, u kengayishda davom etmoqda. Dunyo 80 yil ichida eng katta iqtisodiy tanazzulga yuz tutmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nobel mukofoti forumida aytib o‘tdi. 

"Biz so‘nggi 80 yil yil ichidagi eng yomon global tanazzulga duch kelyapmiz. Kuchli qashshoqlik va ochlik darajasi ortmoqda", deya ogohlantirdi u.

Guterrishning ta’kidlashicha, hech qanday vaksina yetkazilgan zararni bartaraf eta olmaydi. BMT Bosh kotibi sodir bo‘layotgan voqealarni global tahdid deb atadi. Uning fikricha, BMT infeksiyaga oid barcha ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa-da, dunyo mamlakatlari bahamjihat bo‘lib, javob qaytara olmadi.

Guterrishning ma’lum qilishicha, pandemiyaga nisbatan berilgan javob tarqoq va tartibsiz bo‘ldi. 

"Mamlakatlar, mintaqalar va hatto shaharlar bir-birlari bilan eng zarur narsalarni yetkazib berish va ilg‘or tibbiy xizmatlar uchun raqobatlashishdi", deydi u.

BMT Bosh kotibi COVID-19 vaksinalarini tarqatishda bu holatni takrorlamaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing