Bloger Guseyn Gasanov qamaladi
Olam
−
17:15 721 2 daqiqa
Rossiya sudi bloger Guseyn Gasanovni sirtdan 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda bugun, 4 avgust kuni RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva shahri Presnenskiy tuman sudi bloger Guseyn Gasanovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda aybdor deb topib, sirtdan 4 yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyaga hukm qilgan.
Sudya blogerni Rossiya Jinoyat kodeksining 174.1-moddasi (jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Gasanov yakka tartibdagi tadbirkor sifatida 175 million rubldan ortiq soliq to‘lamagan. Keyinchalik u 68 million rubldan ortiq mablag‘ni “Moskva-Siti” majmuasidan xonadon sotib olish bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar orqali legallashtirganlikda gumon qilingan.
Ma’lumot uchun, Guseyn Gasanov eng mashhur rus tilli blogerlardan biri sifatida tanilgan. Unga keng mashhurlikni hajviy roliklar, qimmatbaho avtomobillar bilan yutuqli o‘yinlar (givlar), shuningdek, avvalroq ko‘plab bahslar va xaridorlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan “Millioner fikrlashi” nomli pullik onlayn-kursi olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning Chertanovskiy sudi 2025 yilning 14 may kuni Gasanovni jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish ishi doirasida sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi (jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgandi.
Keyinroq esa Prokuratura bloger Guseyn Gasanovga jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini legallashtirish bo‘yicha da’vo ishi yuzasidan sirtdan 6 yillik umumiy tartibli koloniya jazosini tayinlashni so‘ragan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28