Blinken yana Isroilga bormoqchi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 3 noyabr kuni Isroilga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” AQSH Davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, Blinken hukumat a’zolari bilan uchrashish uchun juma kuni Isroilga yetib borish niyatida.

“Shundan so‘ng, AQSH Davlat kotibi mintaqadagi ayrim mamlakatlarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safarini Isroildan boshlab, Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga ham borgan va shu davlatlarning rasmiylari bilan Isroil-Falastin masalasini muhokama qilgandi. Arab davlatlariga qilgan safaridan so‘ng, Entoni Blinken 16 oktyabr kuni Isroilga qaytib borgan.

Shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Bayden ham joriy yilning 18 oktyabr kuni Isroilga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing