Blinken va Kemeron Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas

Olam

image

AQSH va Buyuk Britaniyaning yuqori martabali mulozimlari payshanba kuni Vashingtondagi byudjet muhokamasiga qaramay, ikkala davlat ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun "birgalikda harakat qilmoqda", deya xabar berdi “Turan” axborot agentligi.

"Bizda juda aniq tanlov bor: Putinning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligiga chek qo‘yamiz yoki Putin g‘alaba qozonadi. Rossiya Ukrainada zafar quchsa, agressiyasini NATOga ko‘chirmaydi, deya olamizmi?" 

Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan Davlat departamentida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shma brifingda ma’lum qildi.

Blinken, Kongressda Ukrainaga yordam berish bo‘yicha muhokamalarga to‘xtalar ekan, qo‘shimcha chora-tadbirlar zarurligini bildirdi.

“Chunki Moskva, Tehron va Pekinda bu yordamning barbod bo‘lishini istaydiganlar bor”, dedi u brifingda.

2010-2016 yillarda Britaniya Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan davrda birinchi rasmiy tashrifini Ukrainadan boshlagan Kemeron AQSH Davlat kotibining so‘zlariga qo‘shildi va Vashingtonga bekorga kelmaganini aytdi.

Shuningdek, u Rossiya bosqinini fashizm tajovuziga qiyosladi.

"Men buni bizning avlodga tahdid deb bilaman. Mening ajdodlarim Yevropadagi fashistlar tajovuziga qarshi xuddi shunday kurashgan edi, biz ham Yevropada Rossiyaga qarshi kurashamiz", deya qo‘shimcha qilgan u o‘z nutqida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi ekanligi aytilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Blinken Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing