Yaqin Sharqdagi keskinlik hech kimga foyda keltirmaydi – AQSH
Olam
−
10 avgust
3031AQSH Davlat kotibi Blinken Isroil Mudofaa vaziri Galant bilan telefon orqali suhbatda Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati vakili Metyu Miller ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida Blinken Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga sodiqligini tasdiqlagan va eskalatsiya ikkala tomonning ham manfaatlariga mos kelmasligini ta’kidlagan.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida sulhga erishish zarur. Ushbu chora isroillik garovga olinganlarni ozod qilishni ta’minlaydi va mintaqaviy barqarorlikni oshirish uchun sharoit yaratadi. Davlat kotibi, shuningdek, Isroil va Livan oilalarining uylariga qaytishiga imkon beradigan diplomatik yechimga erishish muhimligini aytib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSH Davlat departamenti Vashington Isroilga Qo‘shma Shtatlar qurollari va harbiy jihozlarini sotib olish uchun 3,5 milliard dollar ajratgan. Ushbu mablag‘lar aprel oyida AQSH Kongressi tomonidan tasdiqlangan umumiy qiymati 14 milliard dollar bo‘lgan qo‘shimcha moliyalashtirishning bir qismi ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlashuv fonida F-22 qiruvchi samolyotlarini Yaqin Sharq mintaqasiga yaqinroq joylashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi