Kemeron G‘arb qurollarining Rossiyaga qarshi qo‘llanmaslik shartini aytdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron agar Moskva Ukraina o‘ziniki deb hisoblagan hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqsa, Rossiyaga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanish to‘xtatilishini aytdi. U bu haqda bir guruh jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Agar Moskva Ukraina o‘ziniki deb hisoblagan hududlardan qo‘shinlarini olib chiqsa, Rossiyaga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanilmaydi”, deydi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri.

Bundan tashqari, Kemeron, agar bunday zarbalar Rossiyada xavotir uyg‘otsa, o‘z qo‘shinlarini Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan hududlaridan olib chiqib ketishini maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Devid Kemeron Kiyevga tashrifi chog‘ida, Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibasi Mariya Zaxarova esa agar Britaniya qurollari Ukraina tomonidan Rossiya hududiga zarba berish uchun ishlatilsa, Moskva Britaniya nishonlariga zarbalar berish bilan javob qaytarishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing