Blinken Lemmi bilan birga Kiyevga boradi
Olam
−
10 Sentabr
2490Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ertga, 11 sentyabr kuni birgalikda Kiyevga boradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“AQSH va Buyuk Britaniya Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berishda yetakchi hisoblanadi. Birinchi kundan boshlab biz ukrainalik hamkorlarimiz tomonida turibmiz. Devid (Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi) aytganidek, shu hafta Kiyevga birga boramiz. Menimcha, bu Ukraina uchun juda muhim davr. Biz Rossiyaning sovuq oylar oldidan energetika infratuzilmasiga hujumlarini kuchaytirayotganini ko‘rmoqdamiz. Bu Putinning issiqlik va elektr energiyasini qurolga aylantirish bo‘yicha qishki rejasi”, deydi AQSH Davlat kotibi.
Nashrga ko‘ra, tashrifdan oldingi muhokamada rasmiylar Eronning Yaqin Sharq va Ukrainadagi ta’siriga qarshi turish zarurligi to‘g‘risida bir xil fikrda ekanini ma’lum qilgan.
"Biz Eronning mintaqadagi va undan tashqaridagi g‘arazli harakatlariga qarshi turish zarurligiga to‘liq qo‘shilamiz", degan Britaniya Tashqi ishlar vaziri.
Uning ta’kidlashicha, 10 sentyabr kuni rasmiylar Tehronni global barqarorlikka putur yetkazgani uchun javobgarlikka tortish istagini birgalikda muhokama qilgan. Shu bilan birga, Blinken Eron Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga ballistik raketalar topshirganini tasdiqladi va uning aytishicha, bu Tehronga qarshi muqarrar yangi sanksiyalar kiritilishini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 250 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgan edi.