Blinken Tel-Avivda. U Isroilni qo‘shnilari bilan yarashishidan umidvor
Olam
−
09 yanvar
3665Bugun, 9 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga bordi. U Tel-Avivda yahudiy davlatining yangi tayinlangan Tashqi ishlar vaziri Israel Kats bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Blinken Isroil TIV rahbari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushdan keyin Isroil Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari bilan munosabatlarini yaxshilashi mumkinligini aytdi.
“Siz ko‘p yillar davomida Yaqin Sharqda aloqa va integratsiya o‘rnatishga harakat qilayotganingizni bilaman hamda buni amalga oshirishning real imkoniyati bor, deb o‘ylayman”, degan Blinken.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil HAMASning 7 oktyabrdagi hujumiga o‘xshash holat takrorlanmasligi va mintaqa kelajagi ustida ishlash kerak.
Isroil Tashqi ishlar vaziri esa Blinken bilan G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish, HAMAS va “Hizbulloh”ga qarshi kurashni muhokama qilganini aytgan.
“Men unga (Blinkenga) Prezident Jo Bayden Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdim va urushning garovga olinganlarni qaytarish, HAMAS tashkilotini mag‘lub etish hamda Isroilning janubiy va shimoliy hududlari aholisining o‘z uylariga xavfsiz qaytish imkonini berish uchun “Hizbulloh”ni janubiy Livandan chiqarib yuborish masalasida gaplashdim”, deb yozdi Kats.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Davlat kotibi Blinken ham Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligiga sodiq ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Арабистоniда bo‘lgandi. Bundan tashqari, Blinken G‘arbiy Sohilga ham borishi rejalashtirilgan. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misrga tashrif bilan yakunlanadi.
LiveBarchasi