Blinken Isroilni G‘azodagi tinch aholini himoya qilishga undamoqchi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga tashrifi chog‘ida mamlakat rasmiylarini G‘azo sektoridagi tinch aholini himoya qilish va muhtojlarga gumanitar yordam yetkazish uchun ko‘proq harakat qilishga undamoqchi. Bu haqda “The Washinton Post” nashri xabar berdi.

“Isroil tinch aholini himoya qilish va insonparvarlik yordami muhtojlar qo‘liga yetib borishi uchun ko‘proq harakat qilishi kerak”, deydi diplomat jurnalistlarga.

Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning ijtimoiy tarmoqlarda ta’kidlashicha, Blinken allaqachon Isroilga yetib borgan. U “garovda qolganlarni ozod qilish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarni” muhokama qilmoqchi. Bugun, 9 yanvar kuni Blinken Isroil Prezidenti Isxak Gersog va Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Blinken G‘azoda urush boshlangandan beri mintaqaga qilgan to‘rtinchi safari davomida TurkiyaGretsiyaIordaniyaQatarBAA va Saudiya Арабистонида bo‘lgandi. Bundan tashqari, Blinken G‘arbiy Sohilga ham borishi rejalashtirilgan. Uning Yaqin Sharqqa safari esa Misrga tashrif bilan yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing