Blinken Isroilni harbiy jinoyatda ayblayotgan Turkiyaga boradi

Olam

image

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyaga boradi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, "Anadolu" xabar berdi.

Unga ko‘ra, Amerika diplomatiyasi rahbari 5 noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradi. 

Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi yirik mitingga bir necha davlat rahbarlarini taklif qilgandi.

Shuningdek,  u Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Istanbuldagi Otaturk aeroportida tashkil etilgan ommaviy mitingda Turkiya Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilishi va buni butun xalqaro hamjamiyat oldida bajarishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Isroil Turkiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun barcha diplomatik vakillarini ushbu mamlakatdan olib chiqib ketishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing