Blinken G‘azo sulhini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoni va Misrga boradi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ertaga, 20 mart kuni Saudiya Arabistoniga, 21 martda esa Misrga safar qilib, bu davlatlar rasmiylari bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va gumanitar yordam hajmini oshirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller ma’lum qildi.

“Davlat kotibi barcha garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azoga gumanitar yordamni ko‘paytirish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni kuchaytirish va G‘azo uchun mojarodan keyingi rejalashtirish mexanizmlarini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga olgan zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qiladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Millerning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS bundan keyin 7 oktyabr kuni Isroilga qilingani kabi hujumlarni amalga oshira olmasligini ta’minlash zarur.

“Blinken mintaqada uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash shartlarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, AQSH Davlat kotibi Yaman husiylarining Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tijorat kemalariga hujumlarini to‘xtatish masalasini ko‘taradi”, deya xabar beradi Davlat departamenti.

Kecha, 18 mart kuni “Reuters” agentligining isroillik mulozimga tayanib xabar berishicha, Isroil Qatardagi HAMAS bilan muzokaralar olib borishda G‘azo sektorida olti haftalik sulhga erishmoqchi, uning doirasida HAMAS 40 nafar garovga olingan isroillikni ozod qilishi kerak. Manbaning qayd etishicha, muzokaralar kamida ikki hafta davom etishi mumkin, bu kutilayotgan davomiylik “xorijdagi HAMAS delegatlarining qurshovdagi anklav ichidagi harakat vakillari bilan bog‘lanishga urinishlaridagi qiyinchiliklar” bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Blinken 14 mart kuni safarga chiqqan. U dastlab Avstriyada, so‘ngra Bahrayn, Janubiy Koreya va Filippinda bo‘lib, mamlakatlar rasmiylari bilan uchrashgan. Bu safar davomida Blinken yana Isroilga borish-bormasligi hozircha ochiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Blinken Yaqin Sharq mintaqasiga qilgan to‘rtinchi safari davomida TurkiyaGretsiyaIordaniyaQatarBAASaudiya ArabistoniIsroilFalastinBahrayn va Misrda bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni Misr G'azo Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing