Blinken Hindistonda. U G20’da qanday maqsad bilan qatnashdi?

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning 28 fevral – 2 mart kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgandi. Qozog‘iston va O‘zbekistonga safarini tugatgan Blinken bugun, 2 mart kuni Yangi Dehliga yetib bordi va u yerda G20 yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men bugun G20’ga ikki maqsad bilan bordim: birinchidan, Hindiston boshchiligidagi G20’da bizning umumiy maqsadlarimizni ilgari surish, ikkinchidan, AQSHning hamkorlari bilan birgalikda dunyo ehtiyojlarini qondirish uchun qanday harakat qilayotganini namoyish qilish. Biz ikkalasida ham muvaffaqiyatga erishdik”, deb yozgan Bosh kotib.

Ma’lumot uchun, mazkur yig‘ilishda Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etmoqda. Biroq Blinken Toshkentda o‘tkazgan matbuot anjumanida Yangi Dehlida na Lavrov bilan, na Sin Gang bilan ko‘rishishni reja qilmaganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Blinken Qozog‘istonga tashrifi davomida davlat rahbari To‘qayev qabulida bo‘lgan, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida C5+1 formatidagi yig‘ilishda ham qatnashgandi. O‘zbekistonda ham u Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan, Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan muzokara olib borgandi. Shuningdek, Blinken Toshkentga safari chog‘ida Hazrati Imom majmuasida va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing