Blekaut: Gruziya zimistonga aylandi
Olam
−
08:30 4177 1 daqiqa
Kecha, 5 avgust oqshomida Gruziyaning katta qismi elektr energiyasiz qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uzilish mamlakatdagi yirik gidroelektr stansiyasida o‘tkazilgan sinovlar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Rossiya axborot agentliklarining ma’lumotiga ko‘ra, aholisi taxminan 3,7 million bo‘lgan Gruziyada mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida poytaxt Tbilisi va boshqa yirik shaharlarda elektr ta’minoti uzilgan.
Mamlakatning energetika va suv ta’minotini nazorat qiluvchi komissiya vakili Giorgi Panganining aytishicha, hodisa gidroelektr stansiyasida o‘tkazilgan sinovlar bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan oyda ikki marta kuzatilgan elektr uzilishlaridan keyin mamlakat elektr tarmog‘idagi zaif nuqtalarni aniqlash maqsadida mazkur sinovlar o‘tkazilgan.
Pangani hozirgi elektr uzilishi sabablari yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Qirg‘izistonda elektr energiyasining keng ko‘lamli o‘chishi sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi