Biz O‘zbekistonning qarorini kutmoqdamiz – Erdo‘g‘an turkiy alifbo haqida
Olam
−
06 noyabr
69354Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 6 noyabr kuni Bishkekdagi Turkiy davlatlar tashkiloti 11-sammitida turkiy davlatlarning umumiy alifbosi naqadar muhimligi haqida so‘z yuritdi.
Uning ta’kidlashicha, bu boradagi sa’y-harakatlar va ishlarni kuchaytirish kerak.
“Barcha qiyinchiliklarni yengib, o‘zaro muammolarni bartaraf etish orqali biz turkiy dunyoning tarixiy urug‘ini birgalikda ekishimiz mumkin. Men bunga ishonaman”, dedi Erdo‘g‘an hamkasblariga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bungacha oqsoqollar Kengashi 34 harfdan iborat turkiy alifboni ishlab chiqqan.
“Agar biz Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik qilsak, o‘zgarish zarur deb hisoblayman. Turkiya, Ozarbayjon, Shimoliy Kipr yagona turk alifbosiga o‘tishga tayyor. Biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston qarorlarini kutmoqdamiz”, dedi Turkiya Prezidenti.
Ma’lumot uchun, umumiy turkiy alifbo loyihasi 1991 yilda taklif etilgan lotin alifbosiga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonning Baku shahrida 9-11 sentyabr kunlari Xalqaro turkiy akademiya va Turk lingvistik jamiyati tomonidan tashkil etilgan umumiy turk alifbosi bo‘yicha komissiyaning uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi