Biz urushning oxirgi bosqichidamiz – Zelenskiy
Olam
−
11 Oktabr 2023 16734 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hozir Rossiya bilan urushning oxirgi bosqichi ekanini, biroq bu bosqich eng qiyini bo‘lishini aytdi. Bu haqda u Ruminiyaning “Digi24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu urushning oxirgi bosqichi. Bu o‘rta emas. Birinchi davr – ishg‘ol, keyin hujumni to‘xtatish va tashabbusni qo‘lga olish. O‘ylaymanki, biz oxirgi qismdamiz. Bizda juda ko‘p qo‘rquvlar bor: pul, qurol. Ammo biz oxirgi, eng qiyin qismida turibmiz", degan Ukraina rahbari
Shuningdek, Zelenskiy Ukraina qarshi hujumga o‘tayotgani, Rossiya uning hududlarini tark etishini aniq bilishini aytgan.
“Menimcha, bu qachon ro‘y berishini bilaman, lekin buni sizga ayta olmayman”, deydi Zelenskiy.
Bundan tashqari, u mamlakatda urush davom etar ekan, prezidentlik saylovida ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini bildirgan.
“2024 yilda urush davom etsa va saylovlar o‘tkazilsa, men o‘z vatanimni hech qachon tashlab qo‘yolmayman”, deya ta’kidlagan Ukraina Prezidenti.
Ma’lumot uchun, Zelenskiyning prezidentlik muddati kelasi yilning mart oyida tugaydi. Uning qurolli to‘qnashuv paytida qayta saylanishi Ukraina konstitutsiyasiga zid emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Zelenskiy Kanadaga borganida saylovlarga tayyorligi, ammo byudjet mablag‘lari ayni paytda quroldan boshqa maqsadlarga sarflanishini jamiyat qo‘llab-quvvatlamasligini aytgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025