Biz So‘xga yo‘lak bermaymiz. Yolg‘onlarga ishonmang – Qirg‘iziston MXDQ
Olam
−
16 mart 2021
55146O‘zbekistonning anklav hududi So‘x tumani uchun Farg‘onaga yo‘lak ochib berilmaydi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari muzokaralarda bu masalani gaplashmagan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev Botkenda mahalliy aholi bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.
U tashviqotlarga berilmaslik va ishonchsiz axborotlarga ishonmaslikka chaqirdi.
“Biz yo‘lak bermaganmiz, bermaymiz ham. Prezident Sadir Japarov bu haqda gapirmagan. Anklav aholisi erkinroq harakatlanishi uchun biz nazorat punktini ochishga kelishib oldik. Biz anklav chegarasini belgilash va demarkatsiya o‘tkazish niyatidamiz. Yolg‘onlarga quloq solmang. Chegara yuzasidan rasmiy ma’lumotlarni biz (MXDQ – tahr.) berishimiz mumkin. Agar biz aytsak, bu boshqa gap”, degan Kamchibek Tashiyev.
Ta’kidlash joizki, chegara ochilib, yo‘lak berilishi haqidagi dastlabki xabarlarni Prezident Sadir Japarovning Matbuot kotibi Galina Bayterek tarqatdi. Keyinroq press-reliz saytdan o‘chirilib, yangilandi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar o‘tkazgach, ikki davlat chegara masalasi yaqin 3 oy ichida hal etilishini ma’lum qilgandi. Davlat rahbari xalq kutayotgan masalalar yaqin orada yechilishini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi