Biz Rossiya bilan yolg‘iz qolmadik – Belarus TIV
Olam
−
15 fevral 2021
5788Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Rossiyadan tashqari yana qaysi davlat Minskni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Belarusda Prezident saylovlaridan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlari va rasmiylarning davom etayotgan harakatlarga bo‘lgan munosabati tufayli Yevropa Ittifoqi hamda AQSH Belarus rasmiylari va korxonalariga qarshi sanksiyalar kiritgan.
"Rossiya bilan yolg‘iz qolganimiz va tashqi siyosat sohasida boshqa aloqalarimiz yo‘qligiga qo‘shilmayman. Biz Xitoy, Pokiston va boshqalar bilan ham normal aloqalarni saqlab keldik", degan vazir.
Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi bilan ham aloqalar to‘xtamaganini ta’kidlagan.
Misol tariqasida, u pandemiya va "siyosiy nyuanslarga" qaramay Belarus bir qator Yevropa davlatlari bilan savdo hajmini oshirganini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani Belarusning asosiy strategik sherigi deb atagan.
LiveBarchasi