Biz aynan mana shunday o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilgandik – Anchelotti
Sport
−
20 fevral 2025 2840 1 daqiqa
“Real Madrid” klubi murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Siti” mag‘lub etilganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda u o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Bugun juda ajoyib o‘ynadik. Himoyada, hujumda yaxshi harakat qildik, futbolchilar belgilangan nuqtalarda o‘ynadi. Biz aynan mana shunday o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilgandik. Bugun jamoa bir butun bo‘lib harakat qildi, barchaning maqsadi bir bo‘ldi. Qaysidir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatishni istamayman. Bugun futbolchilar mukammal harakat qildi”, dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlabki bahs 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Umumiy hisob 6:3 hisob va “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo‘l oldi.