Bivolning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, asli qirg‘iz millatiga mansub rossiyalik Dimitriy Bivol navbatdagi himoya jangini shu yilning 5 noyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda WBA'ning rasmiy saytida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, Dimitriy Bivolning navbatdagi raqibi meksikalik Xilberto Ramires bo‘ladi. Ramires oxirgi jangini germaniyalik Dominik Bezelga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Qayd etish kerakki, Bivol o‘z vazn toifasidagi eng kuchli bokschilardan biri sanaladi. Biroq uning mashhurligining ortishiga shu yilning may oyida Saul Alvares ustidan qozonilgan g‘alaba sabab bo‘ldi. Bivol bilan janggacha Saul vazn toifasidan qat’iy nazar (pound for pound) dunyoning eng kuchli jangchisi edi. Kutilmaganda Saulning ta’zirini bergan Dimitriy shunday so‘ng boks ishqibozlarining nazaridan tushmay qoldi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Bivol professional faoliyati davomida 20 ta jangda ringga ko‘tarilib, barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 11 tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan. Uning raqibi Ramires ham dahshatli ko‘rsatkichga ega. U faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Xilberto 30 ta to‘qnashuvda raqiblarini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Dimitriy Bivol

Baholaganlar

34

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing