WBA'ning yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning o‘rni qanday?

Sport

image

Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyul oyi yakuni bo‘yicha odatdagidek yangilangan reytingini e’lon qildi. Professional boksning tayanch tashkiloti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reyting jadvalidan 7 nafar o‘zbekistonlik joy olgan.

Ularning natijalari quyida keltirilgan:

• Super o‘rta vazn (-76,2 kg) Bektemir Meliqo‘ziyev 6-o‘rin;

• Super yarim o‘rta vazn (-69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin;

• Yarim o‘rta vazn (-66,6): Shahram G‘iyosov 2-o‘rin; 

• Super yengil vazn (-63,5 kg): Botir Ahmedov 4-o‘rin;

• Yarim yengil vazn (-57,1 kg): Otabek Xolmatov 1-o‘rin;

• Birinchi yarim yengil vazn (-55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 2-o‘rin;

• Minimum vaznda (-47,6 kg) Hasanboy Do‘stmatov reytingning 2-o‘rnida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBA super yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov ushbu yo‘nalish chempionligi uchun amerikalik tajribali sportchi Errol Spensga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting boks WBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing