Isroil Madrimov keyingi jangini WBA kamari uchun o‘tkazishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov keyingi jangini WBA kamari uchun Errol Spensga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda sportchining menejeri Alik Frolov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Errol Spens Terens Kroufordga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng yuqori divizionga o‘tadi. Madrimovning menejeri esa bu imkoniyatdan unumli foydalanib qolish maqsadida mazkur jangni tashkil etish borasida bosh qotirmoqda.

“Spens rasman 154 funt (69,85kg)ga ko‘tarilmoqda. Ushbu vaznda Isroil 1-raqamli bokschi hisoblanadi. Bu jang Charloning WBA kamari uchun bo‘ladi, uni amalga oshirish oson. Ajoyib jang bo‘ladi”, deydi Alik Frolov.

Ma’lumot uchun, Madrimov professional faoliyati davomida 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida (6 nokuat) g‘alaba qozongan va bittasida texnik durang qayd etilgan. U oxirgi jangini o‘rta vazn toifasida o‘tkazib, Rafael Igbokveni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan. 

Uning 33 yoshli amerikalik raqibi esa jami 29 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning 28 tasida zafar quchgan, shundan 22 tasi nokaut evaziga. Shuningdek, u 1 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Isroil Madrimov Errol Spens

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing