Özbekiston ingliz tilini “juda past” darajada biladigan davlatlar qatoriga kirdi
Bu qiziq
−
1136 1 daqiqa
2026 yilgi EF English Proficiency indeksiga köra, Özbekiston aholisi ingliz tilini biliş darajasi juda past mamlakatlar qatoridan joy egalladi. Bu haqda indeksning joriy yilgi hisobotida ma’lum qilindi.
Bu yil Özbekiston 117 ta mamlakat orasida 101-örinni egallagan. Bu ötgan yilgi natijadan yuqoriroq: 2025 yilda Özbekiston 123 ta mamlakat orasida 104-örinda edi. Öz navbatida, özbekistonliklarning ingliz tilini biliş borasidagi örtaça reyting balli 429 dan 421 gaça pasaygan (maksimal ball – 700).

Özbekiston 2018 yildan beri uşbu tadqiqotga iştirok etmoqda. Öşa yilda Özbekiston 88 ta mamlakat orasida 86-örindan joy olgan. Uşbu tadqiqotda 18 yoş va undan yuqori iştirokçilar natijalari inobatga olinadi.
Reytingda birinçi örinni Şvetsiya egallagan. Dastlabki öntalikka Avstriya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Xorvatiya, Portugaliya, Norvegiya kirgan.
Qöşni mamlakatlardan Qirğiziston 90-, Afğoniston 92-, Qozoğiston 99- va Tojikiston 110-örindan joy egallagan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuziladigan dunyo pasportlari reytingida 106 ta davlat orasida 82-örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi