Rasman: WBA Ahmadaliyevning navbatdagi jangiga buyruq berdi

Sport

image

Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangiga rasman buyruq berdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi o‘tkazadi. Tomonlar 30 kun ichida jang bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Agar kelishuv amalga oshmasa, promouterlik savdosi tashkil etiladi. 

Mazkur jang g‘olibi esa WBA kamari sohibiga qarshi jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda ushbu yo‘nalish chempioni fillippinlik Marlon Tapalesga tegishli. 

Aytish joizki, shu yilning aprel oyida Murodjon Ahmadaliyev AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida aynan Tapalesga qarshi jang o‘tkazib, hakamlarning bahsli qarori bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF chempionlik kamarlarini boy berib qo‘ygan edi. 

Eslatib o‘tamiz, yilning yanvar oyida Mayamida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romanni mag‘lub etgan holda bir yo‘la 2 ta kamarga ega chiqqan edi. O‘zbekistonlik bokschi mazkur g‘alaba orqali 49 yillik Jahon rekordini yangilagan ham.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing