Murodjon Ahmadaliyev Inoue bilan jangdan qancha ishlab oladi?
Sport
−
12 Sentabr 38301 1 daqiqa
Joriy yilning 14 sentyabr kuni yaponiyalik bokschi, mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue chempionlik unvonini Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arenada o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jangda himoya qiladi. Ushbu vazn toifasidagi eng kutilgan janglardan birida bokschilarning qancha mablag‘ olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Salaryleaks” xabar berdi.
Naoya Inoue dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri sifatida tanilgan. U hozirda Ring Magazine, WBC, WBA, WBO va IBF kamarlariga egalik qilib turibdi.
Inoue-Ahmadaliyev jangi uchun umumiy gonorar taxminan 20 million dollar etib belgilangan bo‘lib, bu yerda Inoue “A tomoni” sifatida 75/25 nisbatda taqsimotdan foydalanadi. Inoue o‘z faoliyatidagi eng katta gonorarini – 15 million dollarni qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Uning avvalgi eng katta gonorari Ye Joon Kimga qarshi jangda bo‘lib, o‘shanda 7 million dollar ishlab topgan.

Murodjon Ahmadaliyev esa jangda da’vogar va “B tomoni” hisoblanadi. U Inouega qarshi jangdan 5 million dollardan ko‘proq mablag‘ olishi kutilmoqda. Bu uning faoliyatidagi eng katta gonorari bo‘ladi, chunki u ilgari hech qachon 1 million dollardan ortiq pul olmagan.
Ma’lumot uchun, ushbu jang joriy yilning 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.
Live
Barchasi